Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

SamDChTI talabalari malakaviy amaliyot o‘tashni boshladilar


       Joriy yilning 1-aprel kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Tarjima nazariyasi va amaliyoti, Ingliz tili-I, Ingliz tili-II hamda Roman-german tillari  fakultetlarida 1-bosqich talabalarining 1-apreldan 28-aprelga qadar o‘tkaziladigan malakaviy amaliyoti ochilish konferensiyasi tashkil etildi.
        Konferensiya davomida talabalar o‘zlariga biriktirilgan amaliyot rahbarlari va amaliyot o‘taydigan ta’lim muassasalari to‘g‘risida zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘lib, amaliyot davrida amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha malakaviy pedagogik amaliyotga doir hujjatlar rasmiylashtirilishi, amaliyot portfoliosini qanday tartibda shakllantirishi bilan bir qatorda amaliyot o‘tash tartiblari bo‘yicha amaliy tavsiyalar hamda amaliyot o‘tash yuzasidan yo‘riqnoma va ko‘rsatmalar olishdi.

chop etish