Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

SamDCHTI va Indoneziya OTMlari hamkorligida turizm sohasi rivojlanadi


Samarqand davlat chet tillar institutiga Indoneziyaning Gunadarma universiteti, Bandan texnologiyalar instituti, Hasanuddin universiteti, Airlanga universitetlarining professor-o‘qituvchilaridan iborat I Made Viryana boshchiligidagi 22 kishilik delegatsiya a’zolari tashrif buyurishdi hamda rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida SamDCHTI rahbariyati vakillari ishtirok etishdi va unda institut rektori I.M.Tuxtasinov quyidagilar to‘g‘risida mehmonlarni tanishtirib o‘tdi:

— SamDCHTI mintaqadagi indonez tili o‘qitiladigan yagona maskan hisoblanishi;

— Hozirda 40 ga yaqin talaba indonez tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘rganayotganligi;

— Indoneziyaning Gunadarma universiteti hamkorligida SamDCHTIda “Indonez tili va madaniyati markazi” tashkil etilib, hozirda unda talabalar indonez tilini mukkammal darajada o‘rganayotganligi;

— Hozirga qadar elchixona ko‘magida har yili bir nafar indonez tili mutaxassisi faoliyat ko‘rsatishi va mazkur o‘quv yilida janob Budiavan faoliyatini davom etkazayotganligi to‘g‘risida batafsil gapirib o‘tdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Bandan texnologiyalar instituti, Hasanuddin universiteti, Airlanga universitetlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, xususan, turizim sohasini rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlari hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish kabilar yuzasidan hamkorlik Memarandumi imzolandi.

Ucharshuv yakunida mehmonlar “Indonez tili va madaniyati markazi”da tahsil olayotgan talabalar bilan suhbat o‘tkazishdi. Talabalarning indonez tilini mukammal o‘rganganiga guvoh bo‘lgan delegatsiya a’zolari institut rahbariyatiga cheksiz minnatdorchiligini bildirishdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish