Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

SamDCHTI va Qozog’istonning Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Universiteti o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi


Joriy yilning 19-may kuni Qozog’istonning Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro universiteti o’quv ishlari bo’yicha prorektori Ajixanov Nurlan Tobaxanuli va xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Dadajanov Furqat Abdujapparovich Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif  buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar institutning o'quv va ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Ikki oliy ta’lim muassasalari o’rtasida pedagog va ilmiy kadrlarni tayyorlashda yangi o’quv adabiyotlaridan foydalanish, hamkorlikda yangi avlod darsliklarini yaratish, onlayn kurslar tashkil etish, kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarini zamon talablariga hamohang tarzda yangilash, yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar va ilg'or ilmiy tadqiqotlar yutuqlari bilan o’rtoqlashish, hamkorlikda ilmiy anjumanlar tashkil etish o'quv jarayonlariga yuqori malakali professor-o'qituvchi va mutaxassislarni jalb qilish hamda talabalar almashinuvini yo’lga qoyish kabi masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida SamDCHTI va  Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Universiteti o'rtasida hamkorlik Shartnomasi imzolandi.


chop etish