Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

SamDCHTIda “18-oktabr – Samarqand shahri kuni”


1997-yildan buyon Samarqand shahri dunyo miqiyosidagi yirik san’at anjumani – “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga mezbonlik qilmoqda. Har yili 18-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan Samarqand shahri kuni bu yil yigirmanchi marta nishonlanmoqda. Ushbu bayramning tashabbuskori O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov bo‘lgan. 20 yil oldin shu kuni shaharga Amir Temur ordeni topshirildi. Shundan buyon har yili bu sana keng nishonlab kelinmoqda.  
Bayram ochilishi, avvalo, institut jamoasi birgaligida Amir Temur haykali poyiga gul qo‘yish bilan boshlandi. So‘ngra bayram ishtirokchilari SamDCHTI jamoasi tomonidan tashkil qilingan ko‘rgazmalar tomon yo‘l olishdi. Ko‘rgazmalar maydonida turli xil ko‘rinishdagi kitoblar, qadimiy buyumlar, sport buyumlari, milliy kiyingan talabalar,  shaxmat o‘yinlari, musiqa ansambillarini ko‘rish mumkin bo‘ldi. Bundan tashqari, institut qoshidagi chet tillar litseyi ham o’qituvchilari va iqtidorli o’quvchilari bilan birgalikda ishtirok etishdi. Litsey o’quvchilari orasida o’tkazilgan rassomlik tanlovi materiallarini ko’rgazmalar maydonida ommaga namoyish qilishdi. 
Institut talabalari hamda institut quvnoqlar va zukkolar jamoalari tomonidan tomonidan milliy raqs va qo‘shiq, saxna ko‘rinishlari ijro etildi.

chop etish