Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

SamDChTIda ilmiy metodologik seminar bo‘lib o‘tdi


2019-yil 9-aprel kuni tayanch doktorantura doktoranti Rahmonov Sunnatillo Mavlonovich “Amir Temurning tasavvufga munosabati” mavzusida, erkin tadqiqotchi Mustaeva Guldora Soloxiddinovna “Nutq muhitida shakillanuvchi fransuz tili obrazli o‘xshatishlarining kognitiv mexanizmlari (home, femme, enfant otlari misolida)” mavzusida hamda JizDPI tadqiqotchisi Rustamov Ilxom Tursunovich “Kichik janr matnlarining pragmatik-kognitiv va milliy-madaniy mohiyati (O‘zbek va ingliz latifalari misolida)” mavzusida falsafa doktorlik (PhD) ilmiy darajasi olish uchun yozilgan dissertatsiyalari bo‘yicha ilmiy metodologik seminarda chiqish qildilar.
        Seminarda sohaga tegishli professor-o‘qituvchilar va doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda yosh o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
        Seminar so‘ngida mavzu bo‘yicha professor-o‘qituvchilar tomonidan qiziqtirgan savollar berildi va ma’ruzachilar tomonidan javob berildi, shuningdek, soha olimlari tomonidan falsafa doktorlik (PhD) dissertatsiyasining bajarilishi bo‘yicha fikr hamda takliflar berildi.

chop etish