Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

SamDCHTIda JICA tashkilotining ko’ngilli o’qituvchisi faoliyat boshladi


Institutda Yaponiyaning “JICA” xalqaro tashkiloti tomonidan tashrif buyurgan yapon tili o’qituvchisi Furukawa Midori o’z faoliyatini boshladi.

Bugun 11-mart kuni xalqaro tashkilotning O’zbekistondagi vakolatxonasi vakillari, jumladan, volontyorlar bilan ishlash bo’yicha kordinator Mizuno Shigeriho va tashkilot xodimi O.Xasanov hamda o’qituvchi Furukawa Midorilar bilan institutda rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda institut rektori I.Tuxtasinov “JICA” xalqaro tashkiloti vakillariga institutda yapon tilini o’qitishdaga samarali va faol hamkorligi uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi, o’qituvchi Furukawa Midorining institutda bo’ladigan keyingi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi. O’qituvchi Furukawa Midori SamDChTIda ikki yil davomida faoliyat olib boradi.

chop etish