Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

SamDChTIda kitob aksiyasi davom etmoqda


Joriy yilning 16-aprel kunida Iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i G.Azizova Samarqand shahrida joylashgan 80-sonli maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif buyurib, 35 xil turdagi ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi o‘zbek xalq maqollari, hikoyalari, shu jumladan, xalq ertaklari jamlanmalarini hamda bolalar ongini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan shaxmat va shashka doskalarini ham sovg‘a qildi.
Tashrif so‘ngida maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati institutimizga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, cheksiz xursand ekanliklarini ta’kidlashdi. 

chop etish