Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

SamDCHTIda “KOICA o’quv auditoriyasi” ochildi


Samarqand davlat chet tillar instituti Janubiy Koreyaning ko’plab nufuzli oily ta’lim muassasalari, Koreyaning O’zbekistondagi elchixonasi hamda Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o’rnatgan.

Samarqand davlat chet tillar institutida Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ko’magida zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan “KOICA o’quv auditoriyasi” tashkil etildi.

Joriy yilning 12 may kuni Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) direktori o’rinbosari Park Mi xonim boshchiligidagi Han Songi, Son Hesuklardan iborat delegatsiya a’zolari SamDCHTIga tashrif buyurdi va ular ishtirokida “KOICA o’quv auditoriyasi”ning ochilish ma’rosimi bo’lib o’tdi. Marosimda institut rektori I.Tuxtasinov so’zga chiqib, ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, institutda chet tillarni, jumladan koreys tilini o’qitishni takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ga uzoq yillik samarali hamkorligi, koreys tili mutaxassislari bilan ta’minlashdagi amaliy yordami hamda institutda “KOICA o’quv auditoriyasi”ni tashkil etishdagi ko’magi uchun institut jamoasi nomidan samimiy minnatdorchilik bildirdi.

Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) direktori o’rinbosari Park Mi xonim hamkorlikda tashkil etilgan “KOICA o’quv auditoriyasi” insitut talabalarining chet tillarni o’rganishlarida hamda ta’lim sifatini oshishida katta xizmat qilishini ta’kidladi.

Ochilish marosimidan so’ng koreys tili yo’nalishi talabalari tomonidan tayyorlangan o’zbek va koreys milliy san’atiga oid musiqiy konsert dasturi tashkil etildi. Badiiy sahna chiqishlari yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

chop etish