Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

SamDCHTIda KOICA tashkilotining yana bir ko’ngilli mutaxassisi o’z faoliyatini boshladi


Janubiy Koreyaning KOICA xalqaro tashkiloti Samarqand davlat chet tillar instituti koreys tili, adabiyoti va madaniyatidan saboq berish uchun ko’ngillilar bilan ta’minlashda amaliy ko’mak berib kelmoqda.

Hozirda mazkur tashkilotning bir nafar ko’ngilli o’qituvchisi Kang Youl institutning koreys tili yo’nalishida faoliyat olib bormoqda. Joriy yilning may oyidan yana bir ko’ngilli o’qituvchi Kim Heesoo SamDCHTIda koreys tili o’qituvchisi sifatida o’z faoliyatini boshladi.

Kim Heesoo bilan institut rektori I.Tuxtasinov, xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i O.Yusupov va sharq tillari kafedrasi mudiri D.Turaevalar ishtirokida bo’lib o’tgan rasmiy uchrashuvda Kim Heesooning institutdagi kelgusi faoliyatiga doir rejalari, koreys tili o’qitishni yanada takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

chop etish