Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

SamDChTIga Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor tayinlandi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 27-dekabrdagi 279-K sonli buyrug‘iga asosan Samarqand davlat chet tillar instituti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori etib G‘aybullayev Otabek Muhammadiyevich tayinlandi. G‘aybullayev Otabek Muhammadiyevich shu kunga qadar

1996-2000 yy.– Samarqand davlat universiteti talabasi

2000-2002 yy. – Samarqand davlat universiteti magistratura bosqichi talabasi

2002-2005 yy.– Samarqand davlat universiteti Ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti aspiranti

2005-2006 yy.–Samarqand davlat universiteti “Falsafa” kafedrasi assistenti, tarix-falsafa fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari

2006-2007 yy.– Samarqand davlat universiteti “Milliy g‘oya, falsafa va fan metodologiyasi” kafedrasi dotsenti, tarix-falsafa fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekani o‘rinbosari

2007-2009 yy.O‘zbekiston Milliy universiteti doktoranti

2009-2011 yy.– Samarqand davlat universiteti “Milliy g‘oya, falsafa va fan metodologiyasi” kafedrasi dotsenti

2011-2013 yy.– Samarqand davlat universiteti “Milliy g‘oya va falsafa” kafedrasi dotsenti, ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti o‘quv ishlari dekan o‘rinbosari, o‘rindoshlik asosida Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti  dotsenti

2013-2014 yy.– Samarqand davlat universiteti “Siyosatshunoslik. Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi professori v.b., o‘rindoshlik asosida Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti  professori v.b.

2014-2015 yy.– Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar”  kafedrasi mudiri, o‘quv-metodik ishlar bo‘yicha prorektor vazifasini vaqtincha bajaruvchi

2015-2017 yy.– Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti o‘quv-metodik ishlar bo‘yicha prorektori

2017-2018 yy.– Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektori

2018-2018yy.– Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori

2018-yy. – Samarqand davlat chet tillar instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori kabi o‘rinlarda faoliyat yuritgan.

 

 

chop etish