Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

SamDCHTIga Koreyalik mutaxasisilar tashrifi


7 sentabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Janubiy Koreyaning Koreys tili milliy universiteti ilmiy tadqiqotchisi Hwang Yongju va Sookmyung universiteti professori Kyung-Ryung Kimlar tashrif buyurishdi.

Institut xalqaro aloqalar bo’limida bo’lib o’tgan rasmiy uchrashuvda oily ta’lim muassasalari o’rtasida ilm-fan, ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlik qilish hamda SamDCHTIda koreys tilini o’qitishni rivojlantirish maqsadida aloqalarini amalga oshirish bo’yicha fikr almashishdi.

Kelgusida oily ta’lim muassasalari o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolashga kelishib olindi. Hamkorlik o’z ichiga zamonaviy ta’lim metodlari almashinuvi, hamkorlikda qo’shma konferensiyalar va seminarlar tashkil etish, hamkorlikda koreys tilida o’quv adabiyotlari, darsliklar va lug’atlar yaratish, o’quv-metodik tajriba va ma’lumotlar almashish, professor-o’qituvchilar malakasini oshirish kabi yo’nalishlarni qamrab oladi.

chop etish