Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

SamDCHTIga Tojikiston pedagogika instituti delegatsiyasi tashrifi


Joriy yilning 23-aprel kuni Tojikiston Respublikasi Panjikent shahridagi Pedagogika instituti rektori Ansori Muazzam Qudratzoda Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif  buyurdi.

Tashrif davomida ikki ta’lim muassasalari o’rtasida ilm-fan, ta’lim va ilmiy-tadqiqot kabi sohalarda hamkorlik aloqalarini amalga oshirish bo’yicha Hamkorlik Shartnomasi imzolandi.

Hamkorlik o’z ichiga zamonaviy ta’lim metodlari almashinuvi, hamkorlikda konferensiyalar va seminarlar tashkil etish, hamkorlikda yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash, o’quv-metodik tajriba va ma’lumotlar almashish, professor-o’qituvchilar va xodimlar ishtirokida onlayn ma’ruzalar va mahorat darslarini tashkil qilish kabi vazifalarni qamrab oladi.

chop etish