Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Sizni yaxshi ko‘raman, Onajon!


SamDChTI Roman-german tillari fakultetida “Sizni yaxshi ko‘raman, Onajon!” shiori ostida tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbirda institut rektori I.Tuxtasinov, prorektor F.Ro‘ziqulov, fakultet dekani B.Primov, kafedra mudirlari, o‘qituvchilar, jumladan, talabalar ishtirok etishdi.

Institut rektori I.Tuxtasinov tadbirda barcha muslimalarni yaqinlashib kelayotgan “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan chin dildan tabrikladi.

Tadbirda Roman-german tillari fakulteti iqtidorli va faol talabalari tomonidan inglizcha, nemischa, fransuzcha, ruscha qo‘shiq va she’rlar, raqslar ijro etildi.

Tadbir so‘ngida tadbirni tashkil etishda yaqindan yordam bergan hamda sahnada faol ishtirok etgan barcha talabalar diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.

 

chop etish