Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Tadqiqotchilar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy seminarda chiqish qilishdi


2019-yil 8-yanvar kuni Samarqand davlat chet tillar institutida erkin tadqiqotchi Xalimova Firuza Rustamovna “Poetik matnning lingvofonetik xususiyatlari va tarjimaning pragmatik muammolari” mavzusida, institut tayanch doktoranti Nazarova Shahlo Baxtiyorovna “So‘z turkumlari aro ko‘chish” mavzusida, Buxoro davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi Ro‘ziyev Yarash Bozorovich “Nemis tili zamon shakllari transpozitsiyasining pragmastilistik xususiyatlari” mavzusida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyalari bo‘yicha ilmiy seminarda chiqish qilishdi.

Seminarda sohaga tegishli professor-o‘qituvchilar va doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda yosh o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Seminar so‘ngida mavzu bo‘yicha professor-o‘qituvchilar tomonidan qiziqtirgan savollar berildi va ma’ruzachilar tomonidan javob berildi. Shuningdek, soha olimlari tomonidan doktorlik dissertatsiyasining bajarilishi bo‘yicha fikr hamda takliflar berildi.

chop etish