Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

“TARJIMA, AXBOROT, MULOQOT - SIYOSIY VA IJTIMOIY KO‘PRIK” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil 20 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2909-sonli qarori hamda 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3514-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 10-iyuldagi “2017-2019 yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 27 (787)-sonli qarori bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlarning 57,59 hamda 60 bandlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 martdagi “Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2018 yilda o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi №233-sonli buyrug‘ida belgilangan tadbirlarni ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat chet tillar instituti “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi tomonidan Tarjima, axborot, muloqot - siyosiy va ijtimoiy ko‘prikmavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Xalqaro konferensiyada Fransiya Lion universiteti tarjimoni Anne-Marie Cervera, T.Jurgenov nomidagi Qozog‘iston milliy akademiyasi professori N.Almatova, Sie Jiang Pedagogika universiteti o‘qituvchisi To‘lqin Nusrat, Fransiyaning O‘rta Osiyoni o‘rganish professori Remi Dor, Shi Jiya Zuang universiteti mutaxassislari Peng Xin Ji, Shau Jun Linglar xorijlik professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi ma’ruza qildilar. Qolaversa, O‘zbekiston milliy universiteti, O‘zbekiston jahon tillari universiteti, Toshkent Islom universiteti, Rossiyaning Gupkin nomidagi neft va gaz universiteti Toshkent filiali, Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, ToshDSHI, ToshAYQII, Nizomiy nomidagi ToshDPU, AnDU, Namangan muhandislik-qurilish instituti, GulDU, BuxDU, NavDPI, QarshiDMII, Qoraqalpoq davlat universiteti, SamDU, TATU Samarqand filiali, SamQXI hamda Chirchiq Oliy Tank qo‘mondonlik bilim yurti, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi akademik litseyi professor-o‘qituvchilari va olimlari, doktorantlar, magistrlar ishtirok etishdi. Mazkur anjuman: Jamiyat rivojida til va tarjima; Madaniyatlararo va tillararo tarjimaning yutuqlari va istiqbollari; Madaniyatlararo va xalqaro muloqot jarayonlari uchun malakali tarjimonlarni tayyorlash masalalari; Chet tillarni o‘qitishning zamonaviy metodlari kabi sho‘balarda o‘z faoliyatini olib bordi.

chop etish