Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida Alisher Navoiy tavalludi nishonlandi


Samarqand davlat chet tillar instituti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida Mir Alisher Navoiyning tavallud ayyomi munosabati bilan ma’daniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.G‘aybullayev, fakultet dekani B.Odilov, yaqin sharq tillari kafedrasi mudiri S.Bekniyazova, dekan o‘rinbosarlari, fakultet professor-o‘qituvchilari hamda fakultet talabalari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Fakultetning iqtidorli, faol talabalari tomonidan Navoiy g‘azallari, mumtoz qo‘shiqlar, raqslar, shuningdek, badiiy sahna chiqishlari ijro etildi.

chop etish