Bosh sahifa Institut Fakultetlar

Sharq tillari fakulteti


Fakultet haqida umumiy ma'lumot:

Fakultetga 1995-yilning 12-avgustida asos solingan. Fakultet 2001-yil sentabridan koreys filologiyasi fakulteti deb nomlangan. 2005-yil sentabrida fakultet negizida tarjima nazariyasi va amaliyoti bo‘limi tashkil etildi. 2007-2008 o‘quv yili mobaynida Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti nomiga o‘zgartirildi. Fakultet 2012-yil fevral oyidan boshlab Tarjimonlik fakulteti, 2014-yildan 2021-yil sentabrga qadar Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti deb nomlangan. 2021-yil sentabr oyidan boshlab, Sharq tillari fakulteti deb yuritilib kelinmoqda.

Bugungi kunda fakultet qoshida 3 ta kafedra va quyidagi yo’nalishlar mavjud.  Yaniy filologiya va tillarni o’qitish: koreys tili, filologiya va tillarni o’qitish: xitoy tili, filologiya va tillarni o’qitish: yapon tili, filologiya va tillarni o’qitish: arab tili va xalqaro jurnalistika ta’lim yo’nalishi talabalari “Sharq tillari” fakultetida tahsil olishadi.

Fakultetda Janubiy Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Yaponiya davlati va Misr Arab Respublikasi taklif qilingan xorijlik professor-o’qituvchilar mahalliy o‘qituvchilar bilan hamkorlikda faoliyat yuritishadi. Fakultetda dars jarayonining yuqori darajada olib borilishi hamda hamkorlik ishlarini amalga oshirish uchun zamonaviy moddiy-texnik vositalar bilan jihozlangan 5 dan ortiq xorijiy til va madaniyat markazlari, barcha qulayliklariga ega bo’lgan o’quv xonalari, “Samarqand davlat chet tillar instituti qoshida faoliyat olib borayotgan “Konfutsiy” institutining zamon talabiga mos ravishda jihozlangan sinfxonalari va tarjima laboratoriyasi talabalar ixtiyorida.

Fakultetda a’lo baholarga o‘qiydigan iqtidorli talabalar Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va Yaponiya mamlakatlariga shartnoma asosida turli muddatli kurslarda tahsil olishlari uchun talabalar almashuvi yo‘lga qo’yilgan.

Shuningdek, bir necha xorijiy davlatlar elchixonalari va universitetlari, jumladan, Xitoy Xalq Respublikasi, Janubiy Koreya Respublikasi, Yaponiya va Misr Arab Respublikasi kabi rivojlangan davlatlar bilan ilmiy va madaniy hamkorlik ishlari olib borilmoqda. Fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan ko‘plab asarlar xorijiy tillardan o‘zbek tiliga va o‘zbek tilidan xorijiy tillarga tarjima qilinmoqda.

Lingvistika: koreys tili, lingvistika: xitoy tili, lingvistika: yapon tili, lingvistika: arab tili mutaxassisliklarida tahsil oluvchi magistrlar ham ushbu fakultetda tahsil olishadi.

FAKULTET MA'MURIYATI:


Sharq tillari fakulteti dekani:  Djurayev Dilshod Mamadiyarovich

Qabul vaqti: Har kuni 14:00-17:00

Telefon: 8(366) 233-76-45

E-mail: fdx8585@mail.ru

 

 

 

O'quv ishlari bo'yicha dekan muovini: Azzamov Yusuf Radjaboyevich

Qabul vaqti: Har kuni 14:00-17:00

Telefon: 8 (366) 233-76-45

E-mail: yu.azzamov@gmail.com

 

 

 

Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o’rinbosari: Husanov Ulug’bek Toshmurodovich

Qabul vaqti: Har kuni 14:00-17:00

Telefon: 8 (366) 233-76-45

E-mail: husanov-ulugbek@mail.ru

 

 

 

Kredit-modul tizimini va masofaviy ta'limni tashkil etish bo'yicha dekan o'rinbosari: Axmedov Xurshid To’lqinovich

Qabul vaqti: Har kuni 14:00-17:00

Telefon: 8 (366) 233-76-45

E-mail: axmedov_xurshid@mail.ru

 

 

 

Ilmiy innovatsiya va xalqaro ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari: Norboev Zafar Abdumuminovich

Qabul vaqti: Har kuni 14:00-17:00

Telefon: 97 579 88 70

E-mail: z.norboyev88@gmail.com

 

 

 

FAKULTET KAFEDRALARI


O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi

Uzoq sharq tillari kafedrasi

Yaqin sharq tillari kafedrasi

FAKULTETNING BAKALAVRIATURA YO'NALISHLARI


  1. 5120100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (koreys tili)
  2. 5120100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (yapon tili)
  3. 5120100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (xitoy tili)
  4. 5120100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)
  5. 5220104 - Jurnalistika: Xalqaro jurnalistika
 
FAKULTETNING MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI

  1. 5A120102 - Lingvistika (xitoy tili)
  2. 5A120102 - Lingvistika (koreys tili)
  3. 5A120102 – Lingvistika (yapon tili)
  4. 5A120102 – Lingvistika (arab tili)

chop etish