Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Tojikistonning Ko‘lob davlat universiteti bilan rasmiy uchrashuv


Samarqand davlat chet tillar institutida 2018-yil 29-noyabr kuni “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish omillari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Anjumanga Tojikistonning Ko‘lob davlat universiteti a’zolari ham tashrif buyurgan bo‘lib, 30-noyabrda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.Tuxtasinov hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i O.Yusupovlar bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazishdi.

Uchrashuv jarayonida o‘quv, ilmiy, fan-texnika sohalarida, ilmiy tadqiqotlar, qo‘shma konferensiyalar o‘tkazish, birgalikda ilmiy ishlar qilish, professor-o‘qituvchilar almashinuvini ta’minlash, shuningdek, Yevropa ittifoqining Erazmus+ dasturi doirasida loyihalarni amalga oshirish kabi ishlar muhokaman qilindi.

chop etish