Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Turk tili mutaxassisi Jigulskaya Darya Vladimirovna SamDCHTIda faoliyat boshlamoqda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli hamda 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quv jarayonlariga xorijlik malakali mutaxassislar taklif etilmoqda.

Jumladan, turk tilidan seminar-treninglar tashkil etish hamda ma’ruza o‘qish uchun Moskva davlat universiteti dotsenti Jigulskaya Darya Vladimirovna taklif etildi.

Ma’lumki, joriy o‘quv yilidan SamDCHTIda turk tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitish yo‘lga qo‘yildi.

chop etish