Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Turk tili mutaxassisi J.D.Vladimirovna SamDChTIda faoliyat olib bordi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli hamda 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quv jarayonlariga xorijlik malakali mutaxassislardan Jigulskaya Darya Vladimirovna taklif etilgan edi. Samarqand davlat chet tillar institutida bir oy muddat davomida turk tilidan seminar-treninglar hamda ma’ruza darslarini o‘tib, faoliyat olib bordi.

2019-yilning 27-fevralida institut faollar zalida Jigulskaya Darya Vladimirovna tashabbusi bilan “Sharq tillari va madaniyati kuni” mavzusida badiiy konsert dasturi tashkil etildi. Unda institut rektori, prorektorlari, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar jamoasi ishtirok etishdi.

Kirish so‘zi bilan institut rektori I.Tuxtasinov tadbirni ochib berdi. Tadbirning qiziqarli jihati shundaki, tadbirda turk, arab, xitoycha she’rlar, raqslar ijro etildi. Tadbir yakunida I.Tuxtasinov Jigulskaya Darya Vladimirovnaga alohida minnaddorchlik birldirdi.

chop etish