Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

“Universitetlar va xalqaro reyting: rivojlanish strategiyasi” mavzusida konferensiya o‘tkazildi


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan “Universitetlar va xalqaro reyting: rivojlanish strategiyasi" mavzusida birinchi Xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiyada xorijlik mutaxassislardan Kibermetrika Lab huzuridagi jahon universitetlari reytingi direktori Isidro Aduillo, Rossiyalik mutaxassislar Yelena Chernishkova hamda Yelena Kolesnikovalar qatnashchilarga o‘z ma’ruzalarini taqdim etishdi. Konferensiyada Samarqand shahridagi barcha Oliy o‘quv yurtlari, shuningdek, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori hamda prorektorlari ishtirok etishdi. 

Tashkil etilgan ushbu konferensiyada yuqori malakali mutaxassislarni, pedagog va ilmiy xodimlarni tayyorlash, ularni zamonaviy talablar va ilg‘or xorijiy tajriba bilan qurollantirish kabi masalalar katta ahamiyat kasb etdi.

chop etish