Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Urgutlik SamDChTI bitiruvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Keyingi yillarda yurtimizda ko‘plab sohalarda Oliy ta’lim muassasaslarini bitirayotgan yosh mutaxassislarga talab oshib bormoqda. Natijada ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash imkoniyatlari kengaymoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti Marketing bo‘limi bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash muammolarini hal qilish va yangi ish o‘rinlarini izlashda innovatsion modellar asosida Urgut tumani bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

Urgut tumani ijtimoiy-iqtisodiy ishlar bo‘yicha hokim o‘rinbosari H.Qosimov, Tashkiliy nazorat guruh rahbari F.Ahadov, Urgut tumani Yoshlar ittifoqi kengashi raisi G‘.Jabborov, Nuroniy jamg‘armasi F.Azizov va Urgut tumani Xalq ta’limi bo‘limi vakillari uchrashuvga tashrif buyurishdi.

chop etish