Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

“Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida vatanparvarlik oyligi o‘tkazilmoqda


Viloyatimiz tuman va shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi munosabati bilan “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida vatanparvarlik oyligi o‘tkazilib kelinmoqda.

Joriy yilning 8-yanvar kuni Samarqand shahrida vatanparvarlik oyligi munosabati bilan “Mening armiyam-mening faxrim!” shiori ostida katta tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Respublikamiz Armiyasi va xalq birdamligini ta’minlash hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar namoyish etildi.

Shahrimizda o‘tkazilgan tadbir jarayonida Samarqand davlat chet tillar instituti talabalar jamoasi ham faol ravishda ishtirok etib, “Marafon” yugurish musobaqalarida qatnashdilar.

chop etish