Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Xitoy hukumatining Yevrosiyo ishlari bo‘yicha maxsus vakili Li Xuey SamDCHTIga tashrif buyurdi


Xitoy hukumatining Yevrosiyo ishlari bo‘yicha maxsus vakili Li Xuey boshchiligidagi 13 kishilik delegatsiya ishtirokchilari Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida institut rektori I.Tuxtasinov, institut professori Sh.Safarov, institut prorektori F.Ro‘ziqulov, xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘limi boshlig‘i B.Berdialiyev, shuningdek, fakultet dekanlari hamda institut qoshida tashkil etilgan Konfutsiy Instituti professor-o‘qituvchilari, institutda faoliyat ko‘rsatayotgan xitoylik mutaxassislar ishtirokida kengaytirilgan rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mavjud hamkorlik aloqalarini kelgusida yanada mustahkamlash, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini tashkil etish hamda ularning tajribasini oshirish, hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish, xitoy tilini o‘rganayotgan talabalar uchun yangi o‘quv adabiyotlarini yaratish kabilarga kelishib olindi.

Uchrashuvdan so‘ng delegatsiya ishtirokchilari Samarqand davlat chet tillar institutida yaratilgan zamonaviy imkoniyatlar, o‘quv xonalari, xitoy tili ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, Konfutsiy Instituti faoliyati, jumladan, institut hovlisida yangi tashkil etilgan “Lingvopark” bilan yaqindan tanishishdi. 

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish