Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

Xorijiy mutaxassis ishtirokida seminar-treninglar


   Samarqand davlat chet tillar institutiga muntazam xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan malakali mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar taklif etilib, ular ishtirokida  ma’ruzalar, seminar-treninglar va mahorat darslari tashkil etib kelinmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Buyuk Britaniyaning Aston Universiteti o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlik asosida Aston universiteti professori Garton Syuzan (Garton Susan) SamDCHTIga taklif etilib, institut ingliz tili o‘qituvchilari va magistrantlari uchun qisqa muddatli metodik seminar-treninglar, mahorat darslari o‘tkazilmoqda.

Xorijiy mutaxassislarni institutga taklif etilishi institut o‘quv va ilmiy-metodik ishlarini takomillashtirilish, pedagog-xodimlarning ilmiy va pedagogik salohiyatini yanada oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadlariga qaratilgan.

chop etish