Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

Xorijiy tillarni mukammal darajada o‘rgatish masalalari muhokama qilindi


2018-yilning 14-dekabrida Samarqand davlat chet tillar institutiga Chet tillarni o‘qitish innovatsion metodlarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi vakillari A.T.Irisqulov, O.M.Xalbayevna, K.R.Nazmitdinova, X.I.Yuldoshevlar institut rektori I.M.Tuxtasinov va ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i A.A.Shermatov bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

Uchrashuvda zamonaviy metodlar o‘rganish yo‘llari, talabalarga xorijiy tillarni mukammal darajada o‘rgatish, professor-o‘qituvchilarning malakalarini yuksaltirish, xorijiy tillarni o‘rgatishda zamonaviy innovatsion sentrlar yaratish kabi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi.

Uchrashuvdan so‘ng Chet tillarni o‘qitish innovatsion metodlarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi vakillari institut o‘qituvchi va talabalar jamoasi bilan davra suhbati o‘tkazishdi hamda komunikativ kompitensiyalarni rivojlantirish, mukammallashtirish yuzasidan fikrlar bayon qilindi.

chop etish