Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Xorijlik talabalar o’quv kursini yakunladi


5-oktabrda institutimizning ilmiy kengash zalida xorijlik talabalarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Marosimda dastlab institutimiz rektori I.Tuxtasinov barcha xorijlik talabalarni o’quv kursini muvaffaqiyatli yakunlaganligi uchun mamnuniyat bilan tabriklab, kelgusida ularning ishlariga rivoj va omad bo’lishiga tilakdosh bo’ldi va har doim Samarqand davlat chet tillar institutining eshigi chet el talabalari uchun ochiq ekanligini ta’kidlab o’tdi.

Institut prorektori F.Ro’ziqulov ham horijlik talabalarning maxsus o’quv kursini tamomlaganidan, bizning urf-odatlarimiz bilan yaqindan tanishganligidan bag’oyat mamnun ekanligini bayon qildi.

Marosim so’ngida har bir xorijlik talaba sertifikat va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi. Talabalar cheksiz xursandchilik va hayajon ila Samarqand shahri va institut haqida o’z ijobiy fikrlarini bildirishdi.

chop etish