Bosh sahifa Yangiliklar Rasmiy tashriflar

Xorijlik talabalar uchun "O'zbek tili, madaniyati va Samarqand hayoti“ nomli yozgi maktab tashkil etilmoqda


Germaniyaning Humboldt universitetining Markaziy Osiyo va Afrikashunoslik Instituti (Zentralasienseminar) ushbu davlatlarning tarixi, iqtisodi, geografiyasi, xalqalari madaniyati, tili, etnografiyasi va madaniyatini o’rganadi.

SamDCHTI Humboldt universiteti hamda DAAD (Germaniya Akademiklar Almashinuv Xizmati) tashkiloti bilan hamkorlikda „Ozbek tili, madaniyati va Samarqand hayoti“ nomli maxsus intensiv kurs tashkil etilmoqda. Kurs 17-sentyabrda boshlanib 5-oktyabrgacha davom etadi. Kurs ishtirokchilariga mahalliy o’qituvchilar bilan birgalikda Humboldt universiteti mutaxassislari Ayfer Durdu xonim va janob Akakcha Francois Omerlar ham jalb etilishi rejalashtirilgan.

Mazkur intensiv kurs o’zbek tili grammatikasi, so’zlashuv, adabiyoti, milliy madaniyat, O’zbekiston tarixi va tarixiy obidalari mavzularini o’z ichiga oladi. Ushbu kurs Germaniya oily ta’lim muassasalarida o’zbek tilini o’rganayotgan talabalar uchun o’zbek tilini aynan o’zbek xalqi orasida o’rganish, maxsus akademik mashg’ulotlarda ishtirok etish, O’zbekistonning tarixiy shaharlariga sayohat uyushtirish hamda kundalik muloqotda bo’lish orqali o‘zbek tili, adabiyoti va madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatini beradi.

11-sentyabr kuni Ayfer Durdu xonim, janob Akakcha Francois Omer va janob Thomas Loylar yozgi kursning tayyorgarlik jarayoni bilan tanishish maqsadida SamDCHTIga tashrif buyurishdilar va institut rektori I.Tuxtasinov bilan ham uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda ta’lim jarayoniga Germaniyalik mutaxassislarni jalb qilish, talabalar almashinuvini tashkil etish, hamkorlikda xorijliklar uchun “O’zbek tili” darsliklari va o’quv adabiyotlarini yaratishga kelishib olindi.

chop etish