Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ona haykali poyiga gul qo‘yildi


Xotira chirog‘i o‘chmasin bir dam,
Qadrlash uchun yaralgan odam.
Qarindoshmi yoki o‘zga bo‘lsa ham,
O‘tganlar ruhini obod etaylik,
Bori yaxshilarni biz shod etaylik.  

2019-yil 7-may kuni Samarqand shahrida “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Ona haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi (https://samdchti.uz/yangiliklar). Unda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, Samarqand viloyati OTMlari, ta’lim tashkilotlari, xususan, Samarqand davlat chet tillar instituti institut rektori, prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va talabalar jamoasi bilan birgalikda faol ishtirok etishdi.
Shu jumladan, institut faollar zalida ham katta tadbir tashkil etildi hamda Afg‘on urushi qatnashchilari, shuningdek, institutimizda fidoyi mehnat qilayotgan barcha professor-ustozlarni institut rahbariyati esdalik sovg‘alar bilan tabrikladi.

Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot kotibi A.Abduraimov

chop etish