Bosh sahifa Yangiliklar Grantlar va stipendiyalar

Yaponiya ta'lim yarmarkasi-2018


Joriy yilning 5 noyabr kuni Toshkentda "Yaponiya ta'lim yarmarkasi-2018" ko'rgazmasi bo'lib o'tadi.

Ko'rgazmaning maqsadi O'zbekiston yoshlarini Yaponiya universitetlarida o'qish imkoniyatlari, talabalar va akademik almashuv sohasida universitetlararo hamkorlikni rivojlantirishdir.

Ushbu ko'rgazmada Yaponiyaning Tokio, Doshima, Hokkaydo, Hossey, Kansai, Kobe, Rishshhe, Ritsumeikan, Shinshu, Toxoku va Tokio Chet tillari universitetlari, Tokio Texnologiya Instituti va boshqa ta’lim tashkilotlari o’zlarining taqdimotlari bilan ishtirok etishi kutilmoqda.

Taqdimot vaqtlari:

Ro'yxatga olish - 9.30;

Ochilish - 10.00-10.30;

Yopilish - 17.30.

O'tkazilish joyi: Toshkent sh. Amir Temur, 107B, Xalqaro biznes markazi, “Semurg” konferentsiya zali, 13-qavat.

Ko'rgazmada chet ellik tadqiqotchilarga grantlar ajratish va qo'shma tadqiqot loyihalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida, universitetlar bilan bir qatorda, Yaponiyaning Fanni rivojlantirish jamiyati (JSPS) vakillari va Fizika-kimyoviy tadqiqotlar instituti (RIKEN) ham ishtirok etadi.

chop etish