Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

“Yil innovatsiyasi” sovrindorlari


Institut rektorining  2-noyabr 735-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutida “Yil innovatsiyasi” ko‘rik tanlovi o‘tkazilgan edi. Bunda Yilning eng yaxshi innovatsion ishlanmasi tanloviga  Roman-german tillari fakulteti fransuz tili yo‘nalishi  3-bosqich talabasi Fayzullayev Xurshid Ismatilla o‘g‘li “Apprenons le français” nomli elektron qo‘llanmasi, Ingliz tili fakulteti xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Nasrullaev Javohirxon Ravshanxonovich “English for different purposes e-textbook” nomli elektron qo‘llanmasi, Roman-german tillari fakulteti ispan tili yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Vahidova Anastasiya Abdusamiyevna Jismoniy madaniyat atamalarining ruscha-o‘zbekcha-ispancha lug‘at dasturlari bilan g‘oliblikga loyiq deb topildi.

Yilning eng yaxshi nashri ko‘rik tanlovida Ingliz tili fakulteti xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Umirzaqov Sadriddin Olmosovich “Bolajonlar uchun ingliz tili” ingliz tilini o‘rganuvchi yoshlar uchun lug‘ati, Roman-german tillari fakulteti ingliz til yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Abdiyeva Vazira Ashurovna So‘zlashgich, Razgovornik, Phrase-book, Sprachfuhrer, Guide parle, Guia de conversacion, china nomli nashri, Ingliz tili fakulteti xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Oripov Shavkat Shuxratovich “Useful Advice Only for you” uslubiy tavsiyasi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Yilning ixtirochi talabasi ko‘rik tanlovida Roman-german tillari fakulteti Ingliz til yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Hazratqulova E’zoza Islom qizi “My e-book” transilator android dasturi bilan mukofotga sazovor bo‘ldi.

Yilning eng yaxshi ilmiy maqolasi ko‘rik tanlovida Roman-german tillari fakulteti ingliz til yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Qozoqova Charos Abduvaliyevna “Der Maler des Gottesworts – Khattot” nomli maqolasi, Ingliz tili fakulteti xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Ibragimova Sitora Ilhomovna Semantic analysis and lexemes that expresses respect in English and Uzbek languages” maqolasi bilan tanlov g‘oliblari bo‘lishdi.

Oripov Shavkat Shuxratovich

Abdieva Vazira Ashurovna

Fayzullayev Xurshid Ismatilla

Hazratqulova E’zoza Islom qizi

Ibragimova Sitora Ilhomovna

Nasrullaev Javohirxon Ravshanxonovich

Qozoqova Charos Abduvaliyevna

Umirzaqov Sadriddin Olmosovich

Vahidova Anastasiya Abdusamievna

chop etish