Bosh sahifa Yangiliklar Yoshlar ittifoqi tomonidan o'tkazilgan tadbirlar

Yoshlar Ittifoqi yoshlarni birlashtirmoqda


Davlatimiz tomonidan biz yoshlarni birlashtirish, bir yoqadan bosh chiqarib, hamfikrlilik, hamjihatlilikda ishlashga undash maqsadida yaratilgan Yoshlar Ittifoqi haqiqatdan ham yoshlarni bir biriga yaqinlashtirishga xizmat qilmoqda. Buning yorqin ifodasi sifatida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining yigirma yetti yilligining Samarqand veterinariya meditsinasi institutida o‘tkazilgan tadbirni misol qilib olishimiz mumkin.

Samarqand davlat chet tillari instituti Roman-german tillari fakulteti yoshlar yetakchisi N.Obloberdiyev va Samarqand veterinariya meditsinasi instituti "Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi" fakulteti yoshlar yetakchisi A.Xushnazarov tashabbuslari bilan ikki oliy o‘quv yurtining talaba yoshlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining yigirma yetti yilligini munosib tarzda nishonlash maqsadida birlashishdi.

Bayram tadbiriga har ikkala oliygoh professor-o‘qituvchilari tashrif buyurishdi. Bu tadbirni o‘tkazish uchun yig‘ilgan talaba yoshlarning hamkorliklari tahsinga sazovorligi alohida ta'kidlab o‘tildi va ular barchani bayram bilan tabriklashdi. Tashrif buyurganlarga yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan yangiliklar, imkoniyatlar haqida yana bir bor aytildi va tushunchalar berildi.

Tadbir tashkilotchilaridan A.Xushnazarov ham so‘zga chiqib, barchani bayram bilan samimiy muborakbod etdi hamda "Yoshlar ittifoqi bu bizlarning, yoshlarning tashkilotidir. U bizlarni doim birga harakat qilishga undaydi. Biz yoshlar mustaqil vatanimiz kelajagi yo‘lida birdamlik bilan harakat qilaveraylik" deb, o‘z fikrlarini bayon qiladi.

Talaba ishtirokchilar tomonidan yaratilgan badiiy chiqishlar hammaga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Tadbir so‘nggida N.Obloberdiyev va A.Xushnazarov tadbirni o‘tkazishga faol tarzda o‘z hissasini qo‘shgan talaba yoshlarni, tadbir ishtirokchilarini faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlashdi.

chop etish