Bosh sahifa Yangiliklar Davra suhbatlari

Yoshlar o‘rtasida internet tarmog‘ining avj olishi


      Joriy yilning 29-mart kunida Ingliz tili-II fakultetida "Speaking club" to‘garagining navbatdagi “Is it important to avail social networks to children? Why should the social networks be restricted to a particular age?” mavzusida darsi bo‘lib o‘tdi. To‘garak darsini ingliz tilining integrallashgan kursi kafedrasi mudiri Oblokulova Mastura Mizrobovna va katta o‘qituvchi Nosirova Ra'no Azizovnalar tashkil etishdilar. 
       Dars davomida yoshlar o‘rtasida internet tarmog‘ining avj olishi va uning salbiy oqibatlari xususida talabalar o‘z fikr- muloxazalarini bayon qilishdi. Baxs munozarali o‘tgan ushbu to‘garak  debat tarzida bo‘lib o‘tdi. Talabalar ikki guruhga ajralib, internet saytlarining salbiy va ijobiy jihatlari to‘g‘risida baxs olib borishdi.

chop etish