Bosh sahifa Yangiliklar Uchrashuvlar

“Yoshlar — sog‘lom turmush tarzi tarafdori” mavzusida ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi


 2019-yil 11-aprel kuni Samarqand davlat chet tillar institutida talaba-yoshlar o‘rtasida “Yoshlar — sog‘lom turmush tarzi tarafdori” mavzusida ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
        O‘zbekiston musulmonlar idorasi Samarqand viloyati vakili Ruhobod masjidi imom-hatibi T.Amirov, Ichki ishlar akademiyasi kursantlari, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi ma’naviyat bo‘limi mudiri, Samarqand viloyati prokuraturasi xodimi, institut yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh.Suyunov, institut psixologi Z.Oripov hamda talabalar jamoasi ma’rifiy uchrashuvda ishtirok etdilar. 
        Uchrashuvdan maqsad professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar o'rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini yanada takomillashtirish bo‘ldi.

chop etish