Bosh sahifa Yangiliklar Madaniy va ma'rifiy tadbirlar

Yoshlarni yot g`oyalar ta`siridan asraylik


Bugungi axborot texnologiyalari rivojlangan, ilm-fan taraqqiy etayotgan bir davrda yoshlar ongiga o‘z g‘oyasini singdirishga intilayotgan kuchlar ham bor. Bu jarayonda ma’naviyatimizga zid bo‘lgan, yoshlarning ongi va hayotini zaharlashga intilayotgan guruhlarga qarshi mafkuraviy immunitet hosil qilishimiz darkor.

Institutimiz yoshlar bilan ishlash bo'limi tashabbusi bilan bugun institutimizda “Yoshlarni yot g`oyalar ta`siridan asraylik” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirada Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi xamkorligida “Yoshlarni turli yot g`oyalar ta`siridan ogox etish” mavzusida institutimiz faollar zalida ichki ishkar xodimlari, psixologlar bilan birgalikda tadbir bo`lib o`tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar  yoshlarni turli salbiy illatlardan asrash, aholini yurtimizdagi barqaror tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish va uni asrab- avaylashga qaratish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan bir ekanligi xususida gapirishdi.Shuningdek bugungi kunda terrorizm va unga qarshi kurashish borasida dunyoda amalga oshirilayotgan ishlar, xalqaro terrorizm va ekstremizmning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida fikr yuritildi.Vatan sarhadlarini mardonavor qo‘riqlayotgan harbiylar xizmatini e’tirof etish, dunyo siyosiy sahnida ro‘y berayotgan notinchliklar, ularning kelib chiqish sabablari va oqibatlarini, O‘zbekistondagi mustaqillik yillarigacha va mustaqillik yillaridagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy holat, yurtboshimizning oqilona siyosati xususida fikr mulohazalar bildirildi. Asosiy e’tibor yoshlarimizda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi islohotlarga nisbatan daxldorlik tuyg‘usini paydo qilishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishga qaratish zarurligi xususiga qaratildi.

Tadbir so`ngida talabalarga “Xujradagi zulmat” nomli xujjatli film namoyish etildi.

SamDCHTI matbuot xizmati

chop etish