Bosh sahifa Yangiliklar Yoshlar ittifoqi tomonidan o'tkazilgan tadbirlar

"Zakovat" intellektual o'yini


Ingliz tili fakulteti va fakultet YI kengashi hamkorligida "Zakovat" intellektual o'yinining fakultet bosqichi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. Ushbu o'yinni o'tkazishda yaqindan yordam bergan ingliz tili fakulteti qoshidagi YI boshlang'ich tashkiloti kengashi faollari, SamDChTI YI boshlang'ich tashkiloti yetakchisi E. Rahmatov SamDChTI "Zakovat" klubi rahbari Fayzullayev Xurshidga minnatdorchilik tarzida sertifikatlar topshirildi.

"Zakovat" intellektual o'yinida 11 jamoa ishtirok etdi. 1-o'rinni sohiblari "Lumus" jamoasi, 2-o'rinni ikkita jamao "Parvoz" va "Smart 7" jamoalari, 3-o'rinni "Brilliant" hamda "Wise girls" jamoasi sohiblari egallashdilar.

chop etish