Bosh sahifa Yangiliklar Seminarlar

“Zamonaviy tilshunoslik va derivatsion qonuniyatlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-martdagi 178-f-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2018-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi”da belgilangan tadbirlarni amalga oshirish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2018-yil 12-martdagi “Vazirlik tizimidagi oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2018-yilda o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 233-sonli buyrug‘ida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutida 2018-yil 25-may kuni “Zamonaviy tilshunoslik va derivatsion qonuniyatlar” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Anjuman doirasida sistem va struktur tilshunoslik muammolari; til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari; kognitiv, pragmatik tilshunoslik masalalari; zamonaviy tilshunoslikda matn nazariyasi va ta'lim uslubiyati masalalari; til va adabiyot nazariyasi kabi masalalar bo‘yicha bugungi kunning dolzarb mavzularida ma’ruzalar o‘qildi.

Anjuman ishida Toshkent shahri, Andijon, Termiz, Qarshi, Jizzax, Guliston, Navoiy va Samarqand shahri oliy o‘quv yurtlarining yetakchi professor-o‘qituvchilari, izlanuvchi-tadqiqotchilari o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

chop etish