Samarqand davlar chet tillar instituti

SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI REKTORI

AXBOROT VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR AGENTLIGIGA

O’Z MINNATDORCHILIGINI BILDIRDI

Barchangizga ma’lum, joriy yilda Samarqand davlat chet tillar institutida ilk bor xalqaro jurnalistlarni tayyorlaydigan ta’lim yo’nalishi ochildi. Ushbu ta’lim yo’nalishiga 25 ta qabul kvotasi ajratilgan. Xalqaro jurnalistika ta’lim yo’nalishiga talabalikka qabul qilinadigan abituriyentlarni biz kelajakda jurnalistika sohasi bilan birgalikda xorijiy tillarni ham mukammal tarzda o’rgatib boramiz.

Respublikamizda turzim markazlarining ko’pligi, xususan, Samarqand shahri turizm shahri ekanligini inobatga oladigan bo’lsak, yurtimizga tashrif buyurayotgan xorijlik mehmonlarimizga milliy madaniyatimiz hamda urf-odatlarimiz, me’moriy yodgorliklarimiz to’g’risida aniq hamda batafsil ma’lumotlarni yetkazishda xorijiy tillarni mukammal biladigan xalqaro jurnalistlarning o’rni ahamiyatlidir. Biz, albatta, bo’lg’usi xalqaro jurnalistlarimizni xorij tajribasiga ega hamda ular bilan hamkorlikda ishlay oladigan va yurtimiz sha’nini xalqaro doirada himoya qila oladigan darajada tayyorlaymiz.

2020-yilning fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan jurnalistika sohasiga oid 10 jildlik qo‘llanmalar nashr etildi. Bizning institutimizda ham jurnalistlarni tayyorlab chiqaradigan yo’nalish ochilganligi munosabati bilan agentlik bizga ushbu qo’llanmalardan foydalanishimiz uchun beg’araz yordam sifatida sovg’a qilishdi. Ular quyidagilar, har biridan 10 nusxadan 100 ta qabul qildik.

1. “Jurnalistika nazariyasi, tarixi va taraqqiyoti”.

2. “Jurnalistika huquqi va etikasi”.

3. “Medialingvistika va tahrir”.

4. “Media-marketing va menejment”.

5. “Bosma ommaviy axborot vositalarida janrlar va mahorat masalalari”.

6. “Audiovisual jurnalistika”.

7. “Onlayn Jurnalistika va mediada yangi trendlar”

8. “Zamonaviy media muhitda PR-xizmatlar”

9. “Ixtisoslashgan jurnalistika”

10. “Jurnalistika sotsiologiyasi va psixologiyasi”

MEN, SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI REKTORI ILXOMJON MADAMINOVICH O’ZIM VA JAMOAM NOMIDAN AXBOROT VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR AGENTLIGIGA SAMIMIY MINNATDORCHILIGIMNI BILDIRAMAN.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Share:
2020-07-04 14:45:00 98