Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qaroriga muvofiq magistratura mutaxassisligining kirish imtihonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Endilikda faqat 2 ta fandan imtihon bo‘ladi: mutaxassislik fani 100 balgacha va chet tili 50 balgacha.
Shuningdek, bitiruvchining diplom ilovasida qayd etilgan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi ham qo‘shiladi 100 balgacha.
Magistraturaga o‘qishga kirishda eng ko‘p (maksimal) to‘planishi mumkin bo‘lgan ball — 250 balni tashkil etadi.
Xalqaro tan olingan chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL bo‘yicha kamida 72 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR bo‘yicha kamida B2) yoki Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi haqidagi B2 yoki C1 darajasidagi sertifikat taqdim etganlarga chet tilidan 50 ball qo‘yiladi va ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi.
Bundan buyon magistratura uchun quyidagi fanlardan imtihon bo‘lmaydi:
— ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash maqsadida suhbat;
— «Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo‘yicha;
— O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani bo‘yicha.
Eslatma: Magistraturaga kirish imtihonlari bu yil onlayn test shaklida bo'ladi.
Share:
2020-07-13 18:00:00
112
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain

