Taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilish boʼyicha Davlat komissiyasining 2-son majlis bayoni bilan 2020/2021 oʼquv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot olishga ruxsat etilgan oliy taʼlim muassasalarining roʼyxati tasdiqlangan edi.
Mazkur bayonga koʼra 2-oliy taʼlimga sirtqi taʼlim shaklida ruxsat etilgan oliy taʼlim muassasalarining “Filologiya va tillarni oʼqitish (xorijiy tillar boʼyicha, shu jumladan, rus tili)”, “Xorijiy til va adabiyoti (tillar boʼyicha)”, “Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti oʼzga tilli guruhlarda)”, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar boʼyicha)”, "Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tillar boʼyicha)" taʼlim yoʼnalishlari boʼyicha taʼlim jarayoni kunduzgi taʼlim shaklida amalga oshiriladi.
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain

