SamDCHTI “Ijtimoiy fanlar” kafedrasining professor-o‘qituvchilari “Aziz va yagonamsan jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida Mustaqilligimizning 27 yilligi munosabati bilan  yangi o‘quv yilini, yaxshi niyatlar va ezgu istaklar bilan hadis ilmining sultoni Imom Al -Buxoriy qabri va majmuasini ziyorat qilish bilan boshlashni xayrli deb bildilar va ziyorat uyushtirdilar.
Shu bilan birgalikda, Imom Al - Buxoriy nomidagi Ilmiy Markazda ham bo‘lib, ulardagi ilmiy xazina va olimlar suhbatida bo‘lib, amalga oshirilayotgan yangiliklardan xabardor bo‘ldilar.
Kafedraning ushbu ichki turizm tadbiri doirasida etuk tasavvuf shayxi Maxdumi A’zam Kosoniy qabri ziyorati ham o‘rin oldi va taassurot qoldirdi.
O‘ylaymizki, mana shunday ziyorat va sayohatlar inson qalbini yoritishi va ruhini poklaydi, ezgulikka etaklaydi.
 
 
 
 
Share:
2018-08-29 14:30:00 86