Joriy yilning 21-oktabr kunida Samarqand davlat chet tillar institutida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N.Toshkenboyev, institut rahbariyati vakillari, bo’lim boshliqlari hamda professor-o’qituvchilar ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Jarayon doirasida ta’lim sifatini oshirish, oliy ta’lim muassasalarini o‘quv, ilmiy adabiyotlar bilan boyitish, raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan homkorlik aloqalarini kengaytirish, tizimda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, OTMning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, professor-o‘qituvchilarning xorijda malaka oshirishi uchun imkoniyatlar yaratish, ishlab chiqarish va hududiy hokimliklar bilan uzviylikda faoliyat olib borish kabilar to‘g‘risida so‘zlab o‘tildi.

— Kelgusida Samarqand davlat chet tillar institutining faoliyati hamda professor-o’qituvchilarining har tomonlama salohiyatini oshirishda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi doimiy qo’llab-quvvatlaydi, — deydi U.N.Toshkenboyev.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2020-10-21 14:35:00 110