Bugun Samarqand davlat chet tillar institutida O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishining 31 yilligiga bag’ishlab “Ona tilim – millat ruhi” shiori ostida ZOOM dasturi orqali onlayn ma’daniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir o’zbek tili bayrami munosabati bilan talabalar tomonidan tayyorlangan videorolik namoyishi bilan boshlandi. Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor O.G’aybullayev “Til-millat ko’zgusi”, “O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi” mudiri X.Xayrullayev “O’zbek tilining hozirgi kunda erishgan yutuqlari hamda mavjud kamchiliklari” mavzularida ma’ruzlar qilishdi.
Shuningdek, tadbirda professor-o’qituvchilar tomonidan til masalalari hamda taraqqiyoti yuzasidan fikrlar, takliflar bildirildi, institut talabalari tomonidan ona tilimizni madh etuvchi she’rlar ijro etildi.
Jarayon qizg’in va mulohazalarga boy tarzda yakunlandi.
Ma’mura Nortojiyeva “Yosh jurnalist” klubi a’zosi
Share:
2020-10-21 15:30:00
107
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain






