Professor, mashhur tarjimon, ustoz Muhammadjon Xolbekov vafot etdi.
Muhammadjon Xolbekov 1950-yilda Samarqandda tug'ilgan. O'rta maktabni tugatgach Samarqand davlat universitetining roman-german filologiyasi fakultetiga o'qishga kirdi. O'qishni muvaffaqiyatli tugatgach, u o'z faoliyatini Samarqand davlat pedagogika institutida boshladi. 1982-yilda nomzodlik dissertatsiyasini, 1989-yil doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. SamDUda filologiya ta’lim yo'nalishi bo'yicha kafedra mudiri, fakultet dekani, nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish kengashi a'zosi bo'lib ishlagan.
1991-1998 yillarda professor Muxammadjon Xolbekov tomonidan Samarqand davlat universitetida (hozirgi SamDCHTI) "Jahon adabiyoti tarixi" kafedrasini boshqargan, rus filologiyasi fakulteti dekani va SamDU rus va chet el adabiyoti kafedrasi mudiri bo'lib ishlagan.
Muxammadjon Xolbekov so'nggi yillarda Samarqand davlat chet tillar instituti, O'zbekiston jahon tillari universiteti, Jizzax pedagogika instituti, Qarshi davlat universiteti, yosh olimlarning dissertatsiya tadqiqotlariga rahbarlik qildi.
Muxammadjon Xolbekov tarjima nazariyasi bo'yicha o'z maktabini yaratishga qodir, ko'plab fransuz mualliflarining asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilgan va xalqaro miqiyosda taniqli olim va tarjimon bo'lgan.
Samarqand davlat chet tillar instituti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
___________
SamDCHTI Axborot xizmati
Share:
2020-10-28 12:35:00
113
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain

