Mamlakatimizda Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi doirasida xalq manfaatlariga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Yoshlarni madaniyat, sanʼat va jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish, kitobxonlikni targʻib etish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan besh muhim tashabbus hayotga samarali tatbiq etilmoqda.

Har bir kunimiz yangilikka, o‘zgarishga, intilishga boy. Ona Vatanimizda ro‘y berayotgan uchinchi renessans, albatta, diyorimizning har bir burchagida o‘z aksini topayotir. Mana shunday islohotlar bilan viloyatda yashovchi aholini tanishtirish, mahallalarda istiqomat qilayotgan fuqarolar hayoti, mavjud maktablar faoliyati hamda yosh avlod olayotgan ta’lim tarbiyasi bilan yaqindan tanishish maqsadida targ‘ibot guruhi joylarga chiqishmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.Tuxtasinov ishtirokidagi targ’ibot guruhi kuni kecha Urgut tumanidagi 3-sonli kasb-hunar maktabiga, bugun 17-noyabr kuni Jomboy tumanidagi 55-umumiy o’rta ta’lim maktabiga tashrif buyurishdi. Jumladan, maktablardagi ta’lim jarayonining sifatini yaxshilash, o’qituvchilarning pedagogik tajribasini, o’qitiladigan xorijiy til mutaxassislarning malakasini oshirish, muassasada foydalaniladigan adabiyotlarni ko’paytirish hamda kutubxonalarni o’quv adabiyotlari va darsliklar bilan boyitish kabilar yuzasidan samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, rektor Ilxomjon Tuxtasinov o’zining ma'ruzasini maktablarda tahsil olayotgan o’quvchilar bilan o’rtoqlashmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2020-11-17 16:05:00 109