Samarqand davlat chet tillar institutida joriy yilning 30-noyabr kuni tibbiyot xodimlari institut talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu uchrashuv talabalarni hamjihatlikka, ogohlikka, turli xil tarqalayotgan viruslardan saqlanishga chorlash maqsadida o‘tkazilib, bunda tibbiyot xodimlari yer yuzida biz eng ko‘p saqlanishimiz lozim bo‘lgan kasalliklar haqida to‘liq ma’lumotlar berish bilan birgalikda ulardan qay tarzda saqlanish usullarini ham atroflicha tushuntirib o’tishdi. Bunda birinchi navbatda ogohlik OIV kasalligiga qaratildi.
OIV infeksiyasi – odam immunitet tanqisligi virusi chaqirgan surunkali yuqumli kasallikdir .
OIV infeksiyasi organizmga kirgandan so‘ng organizmni har xil kasalliklardan himoya qiluvchi immun tizimini shikastlaydi. Kasallik manbai OIV yuqtirib olgan shaxslardir. Virus odam organizmida butun hayoti davomida saqlanadi.
OIV infeksiyasida immun tizimi yillar davomida virusning tajovuzini bosib turadi. Lekin virus organizmda asta-sekin ko‘payib immunitet tizimini ishdan chiqaradi va kasallik OITS bosqichiga o‘tadi.
OIV infeksiyasining rivojlanish bosqichi bir necha davrdan iborat. OIV infeksiyasining kasallik belgilarsiz davri bir necha oydan 5-10 yil va undan ko‘p ham davom etishi mumkin. Bu davrda OIV yuqtirib olgan shaxslar ko‘rinishidan sog‘lom bo‘lib, ularda kasallikning hech qanday klinik belgilari kuzatilmasligi mumkin yoki tana limfa tugunlari kattalashgan holda og‘riqsiz bo‘lganligi uchun e’tibor bermasdan o‘zlari bilmagan holda kasallikni boshqalarga yuqtirishi mumkin.
OIV infeksiyasi yuqmaydigan holatlar quyidagilardan iborat. OIV infeksiyasi gripp va silga o‘xshab havo tomchi yo‘li orqali yuqmaydi. Bemor bilan umumiy idishlardan ovqat yeyish, u bilan gaplashish, qo‘l berib ko‘rishish, quchoqlashish, umumiy suv xavzalalaridan foydalanish orqali yuqmaydi.
OIV hamda OITS infeksiyalari qanday yo’llar bilan yuqishi mumkin?
Jinsiy aloqa – bu yo‘l bilan zararlangan jinsiy suyuqliklar (rektal, genital va og‘izning shilliq qavat) natijasida yuqadi. Bu holat jinsiy aloqa paytida himoya vositalaridan foydalanilmaganda, atipik jinsiy aloqa bo‘lganda, yoki ishlatiladigan ashyolar orqali sodir bo‘lishi mumkin.
Onadan bolaga – OIV bilan zararlangan ayoli farzandiga OIV virusi bilan tug‘ruq davomida, homiladorlikda, ko‘krak suti bilan oziqlantirish paytida yuqtirishi mumkin.
Qon orqali – bu yo‘l orqali yuqish rivojlangan mamlakatlarda qon quyish jarayonida ko‘proq sodir bo‘ladi. Bu holatda tomir ichiga yuboriladigan narkotik shprislarini o‘zgartirmasdan yoki zararlangan shpirslar orqali yuborilganda zararlanish kuzatiladi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain








