Terrorizm – siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yoʻqotish yoki qoʻrqitish, aholi oʻrtasida vahima va tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadidagi zoʻravonlik harakatlaridir. Bunga taʼqib qilish, buzish, garovga olish, qotillik, portlatish va boshqalar kiradi.
Diniy ekstremizm – baʼzi diniy tashkilotlar yoki ayrim dindorlarning jamiyat qonun-qoidalariga mos kelmaydigan mafkurasi va faoliyati demakdir. Bu koʻpchilik dinlarda mavjud boʻlib, uning tarafdorlari oʻz oldiga siyosiy maqsadlarni qoʻyadi.
Bugungi kunda diniy ekstremizm va terrorizm hozirgi dunyoning global muammosi ekani hech kimga sir emas. Shu sababdan ham olamdagi barcha ma’rifatparvar kuchlar qatori O‘zbekistonda ham unga qarshi kurashning turli keng miqiyosdagi faoliyati olib borilmoqda.
Jumladan, Samarqand viloyat IIB xodimlari Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurishdi hamda institut talabalar bilan uchrashuv o’tkazdi. Shuningdek, hozirda yurtimizda yuqorida nomi keltirilgan illatlarga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida so’z yuritishdi va terrorizm va diniy ekstremizmning salbiy oqibatlari to’g’risida tushunchalar berib o’tishdilar. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan atroflicha javob olishdilar.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain






