So‘nggi yillarda Prezidentimiz tashabbuslari bilan mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim tizimi hamda ilm-fan sohasi o‘rtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

2020-yilning 3-dekabr kuni davlatimiz rahbarining Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori chiqarildi.

Ushbu qarorga muvofiq Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida ham bir qator istiqbolli rejalar amalga oshirilmoqda. Bugun, 2-fevral kuni litseyda tantanali tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda Samarqand davlat chet tillar institutining rektori, prorektorlari, fakultetlar dekanlari, kafedra mudirlari hamda professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi.

Tashkil etilgan ushbu tadbirni institut rektori Ilxomjon Tuxtasinov kirish so’zi bilan ochib berdi va akademik litsey faoliyatini rivojlantirish hamda o‘quvchilarning chuqur bilim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so’z yuritdi.

— 
“Litseyda “Rektor stipendiyasi”ning safini ko‘paytiramiz, ya’ni 25 nafar kvota ajratamiz. Shu bilan birgalikda 10 nafar “Akademik litsey iftixori” stipendiyasini ham joriy etamiz. Bu ham akademik litseyimiz o‘quvchilarini munosib rag‘batlantirish va bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqlarini uyg‘otish demakdir” – deydi, institut rektori Ilxomjon Tuxtasinov. — Undan tashqari akademik litseyimizga optik tolali internet tizimini o‘rnatamiz va o‘quv mashg‘ulotlarida foydalanish uchun zamonaviy talablarga mos 41 343 821 million so‘mlik 20 ta kompyuter, 13 504 202 million so‘mlik 6 ta televizor, 36 179 000 million so‘mlik 10 dona proektor va yangidan yangi 200 dan ortiq o‘quv adabiyotlarini tuhfa etdik. Shuningdek, o’quvchilar bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun jami 49 million so‘mlik 22 turdagi sport jihozlari va  9 turdagi musiqa asboplari bilan ta’minlandi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-02-02 21:00:00 111