Xabaringiz bor, o’tgan bir necha xafta davomida Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o’qituvchilar o’rtasida sportning bir necha turlari bo’yicha spartakiada musobaqalari o’tkazildi yakuniy xulosalar aniqlandi. Shuningdek, hozirda umumiy hisob bo’yicha g’olib jamoalarni ma’lum qilamiz.
Jumladan, 3-o’rinni Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti jamoasi, 2-o’rinni rektorat jamoasi hamda 1-o’rinni Ingliz tili-I fakulteti jamoalari egallashdilar.
Sport tadbirlarida faollik ko’rsatgan ishtirokchilar maxsus diplom hamda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi. Shuningdek,
- sportning “Shaxmat” turi bo’yicha (erkaklar o’rtasida) B.Yalgashev hamda (ayollar o’rtasida) Sh.Qodirovalar.
- sportning “Stol tennisi” turi bo’yicha (erkaklar o’rtasida) J.Xolmurodov hamda (ayollar o’rtasida) F.Xamroyeva.
- sportning “Valeybol” turi bo’yicha B.Po’latov.
- sportning “Basketbol” turi bo’yicha A.Ismoilov.
- sportning “Gandbol” turi bo’yicha Y.Azzamov.
- sportning “Futbol” turi bo’yicha X.Boboqulov.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain





