Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi tomonidan joriy yilning 25-fevral kuni siyosiy partiyalar va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda mahalliy kengash deputatlari uchun onlayn oʼquv kursi tashkil etildi.

O’quv kursi Davlat boshqaruv akademiyasining mas’ul vakillari tomonidan tashkil etilgan bo’lib, 25-26 fevral kunlari bo’lib o’tadi. Respublika bo’ylab o’tkazilayotgan ushbu o’quv kursida 52 nafar respublika trenerlari an’anaviy shaklda, 352 nafar hududiy trenerlar onlayn shaklda ishtirok etishmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi birinchi prorektori X.Azimov oʼquv kursini tashkil qilishdan koʼzlangan maqsad va uni amalga oshirishning tashkiliy masalalari to’g’risida so’zlab, o’quv kursni ochib berdi.

Jarayon davomida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati, Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasi asosida mamlakatda amalga oshirilgan islohotlarning ahamiyati, «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» Davlat dasturining asosiy yo‘nalishlari hamda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, saylov kampaniyasi strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, siyosiy partiyalar imijini shakllantirish va siyosiy partiyalarning OАV bilan samarali muloqotga kirishish koʼnikmalarini yanada shakllantirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-02-25 17:25:00 104